Kodeksning yangilangan 138 moddasiga muvofiq, endilikda, piyodalarning avtomobil qatnov qismini kesib o‘tish chog‘ida, telefondan foydalanishi, kitob, davriy nashrlar o‘qishi, video yoki audiomateriallarni ko‘rishi va tinglashi hamda diqqatni susaytiruvchi boshqa elektron jihozlardan foydalanishi, bu holat maxsus piyodalar o‘tish joyida amalga oshirilgan taqdirda ham eng kam oylik ish haqining uchdan biri (1 oktabrdan — 49925 so‘m) miqdorida jarima solishga asos bo‘ladi.

Bundan tashqari, yo‘lovchilarning qo‘ldan boshqa tana a'zolarini yoki qismini transport vositasining harakati chog‘ida salon tashqarisiga chiqarishi eng kam oylik ish haqi miqdorida (1 oktabrdan 149775 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘ladi.