"Bu tartib joriy etilishi qon to‘kilish oldi olinishini ta'minlashi kutilgandi. Ammo terrorchilar kelishuvning biron bandiga rioya qilishmadi va ular tomonidan kelishuv 300 martadan ortiq buzildi", deyilgan xabarda.

Suriya qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligining fikricha, terrorchilar tinchlik rejimidan jangarilarni qayta guruhlash va hujumlarni davom ettirish maqsadida qurol-yarog‘ to‘plashda foydalandi.

Sulh tartibi 12 sentabr kuni amalga kirgan edi.