
Shu munosabat bilan, Huawei kompaniyasi tomonidan 20 nafar tinglovchini o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan o‘qitishning o‘ta yangi texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus Smart-laboratoriya barpo etildi. Barcha serverlar va noyob dasturiy ta'minot Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan shu yil 17 mayda imzolangan memorandum doirasida taqdim etildi.
- Ushbu memorandumni imzolar ekanmiz, biz O‘zbekistonning 25 yilligi bayramiga akademiyani tayyorlash va uni universitet boshqaruviga berishni maqsad qilgan edik. Biz o‘z va'damizning ustidan chiqqanimiz hamda ITK va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida interaktiv darslarni o‘tkazish uchun noyob “aqlli” sinfxonani yaratganimizdan faxrdaman. Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari avtorlashgan akademiyasi (HAINA) beg‘araz hamkorlik dasturi bo‘lib, u yosh mutaxassislar uchun Huawei sertifikatsiyalangan kurslarini tashkil etishda universitetlar va professional kollejlarni qo‘llab-quvvatlaydi, - dedi Huawei inng O‘zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen.
HAINA dasturini tugatgan professionallarga IKT sohasida kelgusidagi faoliyatini davom ettirish va rivojlantirish uchun Huawei sertifikatsiyasini o‘tishlari tavsiya etiladi. HAINA dasturi o‘z ichiga quyidagi sertifikatsiya turlarini olgan: HCNA/P-R&S, HCNA/P-WLAN, HCNA/P-Security, HCNA/P-saqlov va HCNA/P-Cloud Computing.
Ushbu loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy kurslar tashkil etiladi:
1) kichik va o‘rta hajmdagi tarmoqlarni yaratish va boshqarishga qaratilgan IP-tarmoqlari bo‘yicha o‘quv kursi;
2) tarmoq xavfsizligi bo‘yicha o‘quv kursi xavfsiz infratuzilmani yaratishga qaratilgan bo‘lib, xavfsizlik tizimlari professionallari uchun mo‘ljallanadi.
3) IT-tarmoqlari bo‘yicha o‘quv kurslari IT-qurilmalar va Huawei uskunalaridan foydalangan holda tarmoqlarni mustaqil yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan;
4) CT-tarmoqlar bo‘yicha o‘quv kursi va o‘ta yangi IKT lar bo‘yicha onlayn-treninglar. Ularda Huawei kompaniyasi o‘ta yangi IKTlar bo‘yicha onlayn rejimida treningni taqdim etadi.
Huawei kompaniyasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda shu yilning oxirida Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan 10 kunlik ixtisoslashtirilgan treninglardan o‘tish uchun yosh o‘qituvchilarni tanlab oldi. Mutaxassislar kurslar yakunlanganidan so‘ng Akademiyada mustaqil dars berishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ushbu loyiha o‘qituvchilarga o‘qitish uchun dasturiy ta'minot, mintaqaviy darajada trening markazlarini joriy etishni loyihalashtirish hamda loyiha bo‘yicha davlat tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish kabi yo‘nalishlarda treninglarni o‘tkazishni ham ko‘zda tutadi.
Huawei akademiyasining ochilishi 19 sentabrda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadi.
Reklama huquqi asosida.











