"2007 yilda Oklaxomada kuzatilgan chaqmoq 321 kilometrli gorizontal masofani qoplab olgan, 2012 yilgi Fransiyaning janubidagi chaqmoq esa 7,74 soniya davom etgan - buni JMTning baholash qo‘mitasi aniqlagan", - deyilgan ma'lumotda. JMTda chaqmoqlar "favqulodda meteorologik va iqlimiy hodisalarning rasmiy arxiviga ilk marta kiritilgani" ta'kidlandi. Unda issiq, sovuq, shamol, yomg‘ir tezligi va boshqa ob-havo fenomenlariga doir rekordlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
JMT bosh direktori Petteri Taalasning aytishicha, "chaqmoq - har yili ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘ladigan eng yirik tabiiy xavf". Bunday favqulodda hodisalar monitoringini yaxshilash "aholining havfsizligini yaxshilashga yordam beradi", deb hisoblaydi u. Eng uzun va eng davomiy chaqmoqni masofali texnik uskunalarning yaxshilanishi tufayli aniqlash mumkin bo‘ldi.
JMTning rekord chaqmoqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini hal qilgan ekspertlar qo‘mitasi tarkibi AQSh, Fransiya, Ispaniya, Xitoy, Marokash, Argentina va Buyuk Britaniya mutaxassislaridan iborat.











