Biroq shundan keyin ko‘pchilik amerikaliklarda ularni "laqqa tushirayotganlari" hissi paydo bo‘ldi. Bunga esa Klinton hushini yo‘qotgandan keyin yana omma oldida paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Aytishlaricha, Klintonnning o‘rniga unga bir tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshi ko‘rinish bergan. Bu masala AQSh OAVda keng muhokama qilinmoqda. Shu asnoda uzoq 1993 yilda Klinton AQShning birinchi xonimi bo‘lganda uning eng yaxshi qiyofadoshi bo‘lgan Tereza Barnvell haqida eslab o‘tildi. Aynan shu unvon Barnvellga 20 yil avval o‘zining reklama sohasidagi ishini tashlab, professional qiyofadosh bo‘lishga undagandi. Gumonlarcha, keyin paydo bo‘lgan "Klinton"ning suratidagi burun Barnvellga tegishli.

Bu orada Barnvell o‘zining bu voqealarga aloqadorligini inkor qilmoqda. U o‘zining tvitterida o‘sha kuni Los-Anjyelesda komedik shouni suratga olishda bo‘lganini ta'kidlamoqda.













