Rasmiy so‘rov Turkiya Adliya vaziriligi tomonidan yo‘llandi. Bu Turkiyaning Gulenni hibsga olish haqidagi birinchi rasmiy so‘rovidir.
Turkiya Gulenni 15 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan harbiy to‘ntaruv harakatini tashkillashtirishda va boshqarishda ayblamoqda.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bunday so‘rovnomani yuborish imkoniyatini Xitoyda bo‘lib o‘tgan G20 sammitida AQSh prezidenti Barak Obama bilan muhokama qilgan.











