Halok bo‘lgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari oilalariga «Pechatnyy ekspress» bosmaxonasi rahbariyati tomonidan alohida kompensatsiya to‘lash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni Moskvadagi bosmaxonada yirik yong‘in sodir bo‘lgan. Buning natijasida u yerda faoliyat olib borgan 14 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan. Ish beruvchi ularning noqonuniy ishga joylashtirganligini tan olgan.











