"Dubaydan uchib kelgan ayol mamlakatga qimmatbaho toshlarni noqonuniy yo‘l bilan olib kirmoqchi bo‘lgan. Ayol bojxonadan 207 gramm brilliantni yashirishga urinishda antiqa yo‘l tutdi va toshlarni kosmetik krem va xurmo ichida yashirdi. Biroq ayol bojxonachilarni alday olmadi", deb aytildi bojxonada.

Avgustda ham Mineralnyye Vody’da xuddi shu reys bilan kelgan dog‘istonlik ayol ushlangandi. U bojxonadan o‘tish vaqtida "yashil yo‘lakni" tanlagan. Biroq bojxonachilar tekshirish qurilmasi kamerasida ayolning jamodonidagi shubhali qoramtir izlarga e'tibor qaratishgan. Aniqlanishicha, u yerda 233 gramm brilliant bo‘lgan. Polietilen paketlarga solingan turli sayqalga ega qimmatbaho toshlar kiyimlar orasiga yashirilgan bo‘lgan.

Ushlangan ayollarning aytishlaricha, brilliantlar ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, strategik muhim zaxiralar kontrabandasi uchun ayollarga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Ular 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari va bir million rublgacha jarimaga tortilishlari mumkin.