Mamlakatdagi inqiroz tufayli ularning "bio-tobutlari" baland qiymatga ega yog‘och tobutlarga qaraganda ancha xaridorgir bo‘ladi. Venesuelada yog‘och tobutning narxi - 280 000 bolivar bo‘lib, u bio-tobutdan to‘rt barobar qimmat.

Qayta ishlangan kartondan tayyorlanuvchi bio-tobut 230 kilogrammgacha bo‘lgan vaznni ko‘tara oladi. Uni yig‘ishga 10 daqiqadan kam vaqt ketadi. Blanshar va Elio Anguloning aytishicha, ular Kolumbiya, Ekvador va Perudan buyurtmalar olishgan.





















