"Biz Anqarani qisqa muddatli harbiy-taktik maqsadlardan Suriyadagi vaziyatni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan harakatlarga o‘tishdan tiyilishga chaqiramiz", deyilgan xabarda.

Turkiya armiyasi 24 avgust kuni Suriya shimolidagi hududlarni IShID jangarilaridan tozalash maqsadida Suriya muxolifati kuchlari bilan hamkorlikda "Frot qalqoni" amaliyotini boshladi. Turkiya tanklari va samolyotlari hujumi orqali Jarablus shahri jangarilardan ozod qilindi.