"Men Toshkentda bir necha kun bo‘laman. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan hamdardlik izhor etaman. Bizning O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz o‘zgarmaydi", degan u o‘z tashrifi davomida.
Bundan oldinroq O‘zbekiston TIVda Abdulaziz Komilov ushbu diplomat bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida ma'lum qilgandi.
U AQSh prezidenti Barak Obamaning O‘zbekiston ahliga dalda bildirgan maktubi matnini taqdim etgan.
"Men Komilov bilan uchrashuv vaqtida ikki tomonlama munosabatlar saqlab qolinishi haqida gapirdim. Bu juda muhimdir", deya qayd etgan AQSh Davlat departamenti vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat almashinuvi har qanday davlat uchun qiyin davrdir, lekin bu munosabatlarni mustahkamlash vaqti bo‘lishi ham mumkin.











