Avval Suriya Kurdistonining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Rodi Usmon kurdlar tomonidan yaratilgan "Shimoliy Suriya va Rojava federatsiyasi" hamda Suriya demokratik kuchlari IShIDdan tortib olingan Manbij shahrini tark etmasliklari haqida xabar qilgandi. 

"Manbijning 90 foiz aholisi - arablar. Boshqa etnik guruhlar, shu jumladan kurdlar u yerda kamchilikni tashkil qiladi. Men bu haqida Barak Obamaga aytdim va suriyalik kurdlar mudofaasi u yerga kira olmasligini ta'kidladim, u menga buni kafolatladi. Bu kelishuv rasman qayd etildi", - dedi Erdo‘g‘an G20 sammitiga ketishdan avval Anqara aeroportidagi matbuot anjumanida.

Turkiya armiyasi o‘tgan haftada VVS xalqaro koalitsiyasi va Suriya muxolifati ishtirokida mamlakat (Suriya) shimolidagi Jarablus shahrida IShIDga qarshi "Yevfrat qalqoni" operatsiyasini boshlab yubordi. Anqaraning harakatlari Damashqda  suverenitetning buzilishi, deya baholandi, operatsiya jarayonida turk harbiylari IShID pozitsiyalariga emas, tinch aholiga hujum uyushtirgani ma'lum qilindi.  

Dushanba kuni Turkiya TIV kurdlarga Yevfratdan sharqqa  ketishni talab qilib, ultimatum qo‘ydi. AQSh hukumati Turkiyaning kurdlarga bergan zarbalarini tanqid ostiga olib, Anqarani IShID bilan kurashishga diqqatni qaratishga chaqirdi.