Bunday taklifni impichment jarayonida raislik qiluvchi Braziliya oliy sudi rahbari Rikardu Levandovski ma'qulladi.   

Ta'kidlanishicha, bir ovoz berish Russefni o‘z lavozimidan batamom chetlatishni, ikkinchisi esa uni chetlatilgandan keyin yana 8 yil davomida davlat lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilish-qilmaslikni aniqlab beradi. 

Avvalroq Braziliya senati Russefni impichment qilish jarayonini tiklagani ma'lum qilingandi.

Russefning impichmenti uchun 81 senatordan kamida 54 nafari ovoz berishi kerak. Ayni vaqtda Russef o‘z majburiyatlaridan vaqtinchalik chetlatilgan.