Reklamada yangragan qo‘shiqda Microsoft ikki qurilmaning xususiyatlarini tahlil qiladi. Videodagi kuylovchi qahramon “olma” korporatsiyasi noutbukini “mushugingning shlyapasidan-da befoyda” deb atagan.
Shuningdek, MacBook Air “og‘ir”, “sekin” va “ma'lum bir ma'noda kvadrat” qurilma sifatida tasvirlangan.
Bir vaqtning o‘zida Microsoft kompaniyasi Surface Pro 4 qurilmasining fazilatlariga to‘xtalgan, ularga sensor ekran, tasvirlarni barmoqlar bilan boshqarish imkoniyati va stilus yordamida ovoz yozish kabi xususiyatlar kiradi.











