Mamlakatdagi chakana savdo hajmi iyun oyidagi 0,3 foizlik o‘sishga nisbatan 1,4 foizga ko‘tarilgan. 

Shu bilan birga, so‘nggi besh oyda pasayish sur'atlari eng zaifi bo‘lgan. Yapon iste'molchilari, global iqtisodiyot istiqbollarida noaniqlik hukm surayotgani va maoshlar sekinroq ko‘tarilayotganiga qaramay, xarajatlarida tejamkorlik qilishmayapti, deb yozadi MarketWatch.

Yaponiyaning yirik chakana savdo kompaniyalarining savdosi so‘nggi 5 oyda ilk bor 0,6 foizga o‘sgan. 

Umuman, mamlakatda iste'mol xarajatlari pasayish sur'atlari iyun oyidagi 2,3 foizga nisbatan 0,5 foizga sekinlashgan.