Norvegiya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi vakili Elin Fossxaug Olsening ma'lum qilishicha, jonivorlarning jasadlari 50 metr kv maydondan topilgan.
Olsening aytishicha, bu kamdan-kam ro‘y beradigan hodisa bo‘lib, bungacha ekspertlar shuncha bug‘uning birdaniga halok bo‘lgani hodisasini qayd etishmagandi.
Norvegiyalik mutaxassislar buning aniq izohini keltira olishmayapti. Taxmin qilinishicha, ular bir-birlariga yopishib, to‘planib turgani tufayli birdaniga jon berishgan bo‘lishi mumkin.
Bungacha chaqmoq zarbi yetkazgan eng yirik halokat 2005 yili Avstraliyada qayd etilgan, o‘shanda chaqmoq zarbi tufayli bir vaqtning o‘zida 68 sigir halok bo‘lgandi. Bunday vaziyatda odamlarning halokati bilan bog‘liq eng yirik hodisa Peruda qayd etilgan. 1971 yili chaqmoq LANSA aviakompaniyasi samolyotiga urilishi oqibatida 91 kishi vafot etgan.











