Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Balik Anqara prokuraturasi tomonidan FETÖ nomi ostida olib borilayotgan tadbir doirasida qo‘lga olingan.
Balik 2008-2011 yillarda kotib, 2011-2013 yillarda maxsus maslahatchi, 2013 yilning yanvar-avgust oylarida YuNeSKOdagi BMT maxsus vakili sifatida ishlagan. 2013 yilning avgustida u prezident ma'muriyatida tashqi siyosat bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimiga tayinlangan. 2014 yilning 15 avgustida esa Tashqi siyosat konsultativ kengashi a'zosiga aylangan. U bu lavozimdan 2016 yilning yanvarida olingandi.
Qayd etilishicha, u Turkiyaning sobiq bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining "o‘ng qo‘li" edi.











