"Prezident gvardiyasi boshqa bo‘lmaydi, bizda unga zaruriyat yo‘q", deb ma'lum qildi bosh vazir televideniye efirida.     

Ta'kidlanishicha, to‘ntaruv sababli gvardiyaning 300 jangchisi hibsga olingandi.

Ayni vaqtda Turkiya davlat apparatidagi ommaviy tozalashlarda turli tuzilmalarda ishlovchi 45 mingga yaqin davlat xizmatchisi o‘z ishidan chetlatildi.

Bosh vazir mamlakat hukumati favqulodda vaziyat tartibini belgilangan 3 oydan keyin uzaytirishni rejalashtirmayotganini, biroq zaruriyat bo‘lsa, bu imkoniyat ko‘rib chiqilishini aytdi.