Mualliflar, immun tizimini tashkil etuvchi gamma-interferoni molekulalari sichqonlarning hatti-harakatiga ta'sir etganini aniqlashgan. Gamma-interferon immun tizim tomonidan tanaga bakteriyalar va viruslar tushganida ishlab chiqariladi. Olimlar, ijtimoiy aloqalar vaqtida ham gamma-interferon faol ravishda ishlab chiqilganiga guvoh bo‘lishgan. Tajribadagi sichqonlarda ayni molekulalarni ishlab chiqish to‘xtatilganda, ular o‘z faolligini kamaytirgan. Gamma-interferoni ishlab chiqish qayta boshlanganda, kemiruvchilarning faolligi yana ortgan.
Avvallari, olimlar immun va asab tizimi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holatda faoliyat yuritadi, deb hisoblashardi.











