Manbaga ko‘ra, xudkush-terrorchi Bag‘dodning Ar-Rashidiya tumanida minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan. Jabrlanganlar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q. 

12 iyul kuni xuddi shunday portlash Ar-Rashidiya bozorida amalga oshirilgan. Buning natijasida 9 nafar kishi halok bo‘ldi, 30 nafardan ortig‘i jarohat oldi. 

Arab respublikasidagi birorta ekstremistik guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.