«Bugun prezident terrorizmga qarshi kurash choralari bo‘yicha qonunga tuzatishlar kiritishni ko‘zda tutuvchi hujjatlar to‘plamini imzoladi.… Shu bilan birga, ushbu qonun ijrosini nazorat qilish, axborotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarida saqlash yo‘li bilan, unga bog‘liq moliyaviy tavakkalchiliklarni imkon darajasida kamaytirishga qaratilgan ko‘rsatmalar ham tasdiqlangan», — degan Peskov.

Davlat dumasi va Federatsiya kengashi tomonidan qabul qilingan qonun loyihalari deputat Irina Yarova va senator Viktor Ozerov tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan.