Loyiha doirasida, Koreya, Yaponiya, Italiya va Xitoydan texnologiyalar va butlovchi qismlar xarid qilingan. Ularni yig‘ish ishlari xorijlik muhandislar nazoratida mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan.
Shu bilan, korxona 290 va 320 litr hajmli Samsung muzlatgichlarini yig‘ishni o‘zlashtirgan. Ularda, ekologik xavfsiz R-600 xladagentdan foydalaniladi. Inverterli kompressor A+ energiyani tejash samaradorligiga ega.
Loyihaning birinchi bosqichida mahalliylashtirish darajasi 37,2 foizni tashkil etadi. 2018 yilga kelib, bu raqamni 45,8 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida sifatni nazorat qilish jiddiy yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida har qanday nuqsonning oldini olib, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Joriy yilda, 6000 dona muzlatgich ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, 2017-2018 yillarda ishlab chiqarish hajmi oshiriladi. Hozirda, qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.










