Chovusho‘g‘li uchrashuv oldidan rossiyalik jurnalistlar bilan rus tilida salomlashdi.

Ikki davlat vazirlari bir-biri bilan do‘stona va iliq munosabatda bo‘lishdi.

"Turkiya prezidentining Rossiya rahbariga xat yo‘llagani va ularning telefon orqali suhbatidan so‘ng munosabatlarni muhokama qilish imkoniyatini qadrlaymiz. Umid qilamizki, bu aloqa munosabatlarning normallashuviga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatadi" - dedi Lavrov.

"Bugun biz ushbu jarayonni muhokama qilamiz", - qo‘shimcha qildi u. 

"Uchrashuvga taklif etganingiz va mehmondorchilik uchun katta rahmat, - dedi Chovusho‘g‘li. - Prezidentlarimiz telefon orqali muloqot qilishdi, bu suhbat juda samarali bo‘ldi. Biz esa aloqalar munosib darajaga chiqish uchun munosabatlarni me'yorga keltirishimiz kerak".