Videoda bolakay otasining buyrug‘i asosida idish yuvadi, gilamni changyutgich bilan tozalaydi, stoldagi changni hamda  deraza oynalarini artadi, kiyimlarni yuvadi, so‘ng ularni osib chiqadi, uy tashqarisidagi to‘kilgan barglarni yig‘adi, chiqindini tashlab keladi.

Uotson muntazam ravishda ota-onalarga bolalar bilan muomala qilishni o‘rgatadi. U o‘z maslahatlarini videotasvirga olib, YouTube'ning How to Dad kanali hamda Facebook'dagi shu nomli sahifaga joylashtiradi.

U o‘z folloverlariga bolani oshxona rakovinasida qanday cho‘miltirishni va otasiga ichimlik keltirishga majburlashni o‘rgatdi. 

Tajribachi otaning videolari YouTube kanalidan ko‘ra Facebook'da ko‘p ko‘rilmoqda. Ba'zi roliklar million martadan ortiq tomosha qilingan, biroq bu safargisi eng ko‘p tanilgan videorolik bo‘ldi.