“Kelajak muhandislari” ko‘rik-tanlovi doirasida Bilolxon Ismoilov va uning jamoasi tomonidan havo xavfsizligini ta’minlaydigan dron tutuvchi qurilma namoyish etildi.
Ma’lumot berilishicha, dron soatiga 450 kmgacha tezlikda harakatlana oladi va 8–10 km masofadagi xavfli dronlarni zararsizlantirishga mo‘ljallangan.
An’anaviy havo mudofaasi (PVO) raketalarining narxi 2-5 mln dollar bo‘lsa, «Shunqor-88» dronini ishlab chiqarish 20000-50000 dollar atrofida baholanmoqda.











