Respublikadagi nodavlat oliygohlarga talabalar o‘qishini ko‘chirish (boshqa sabablarga ko‘ra ham), shuningdek, bir nodavlat oliygohi doirasida o‘qishni ko‘chirish hamda o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi.

Davlat va nodavlat oliygohlaridan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash transfer.edu.uz platformasi orqali;

Xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

2026/2027 o‘quv yili uchun arizalar 2026-yil 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.