Eng katta qiziqishni gibrid HAVAL H7 uyg‘otmoqda. Uning kuch agregati benzin dvigateli va ikkita elektromotorni birlashtiradi, shuning uchun krossover ham shaharda, ham trassada, ham yo‘lsiz sharoitlarda birdek ishonchli harakatlanadi. 100 km/soatgacha tezlanish atigi 5,8 soniyani tashkil qiladi. Elektr energiyasi hisobiga avtomobil 105 kilometrgacha harakatlana oladi, shundan so‘ng avtomatik ravishda gibrid rejimga o‘tib, past yonilg‘i sarfini saqlab qoladi.

Ammo H7 faqat raqamlari bilan emas, texnologiyalari bilan ham e’tiborga loyiq. HAVAL kompaniyasi ta’kidlashicha, Hi4 tizimi nafaqat yonilg‘ini tejash, balki yo‘l sharoitlarini doimiy tahlil qilib, avtomobilni yuqori tezlikda barqarorroq, burilishlarda ishonchliroq va kundalik harakatlanishda yanada qulay qilish uchun yaratilgan.

Ishlab chiqaruvchi fikriga ko‘ra, H7 ham shaharda, ham asfalt tugagan hududlarda birdek erkin harakatlanishi kerak. Sayohat ixlosmandlari uchun tom qismiga mo‘ljallangan brend aksessuarlari - yuk bokslaridan tortib zinalar va sayyohlik chodirlarigacha taklif etiladi. Avtomobilning o‘zida esa ushbu toifada kam uchraydigan yechimlar mavjud: uskunalarni ulash uchun rozetka va ko‘chma sayyohlik chirog‘i.

Modelning yo‘lsiz sharoitlarga moslashgan xususiyati intellektual to‘liq yuritma, orqa differensialning elektron blokirovkasi hamda maxsus harakat rejimlari bilan yanada kuchaytirilgan. H7 chuqurligi 580 mm gacha bo‘lgan suv to‘siqlaridan o‘ta oladi, kuzov geometriyasi esa murakkab releflarda ham ishonchli harakatlanish imkonini beradi.

Krossover salonida raqamli texnologiyalar va qulaylikka alohida e’tibor qaratilgan. Jihozlar qatoriga 12,3 dyuymli raqamli priborlar paneli, 15,6 dyuymli multimedia ekrani, proyeksion displey, 540° aylana ko‘rinish tizimi, ovozli boshqaruv va ADAS elektron yordamchilari majmuasi kiradi. Shuningdek, panoramali tom, simsiz quvvatlash, o‘nta dinamikli audiotizim, old o‘rindiqlarning elektr sozlanishi, isitish va ventilyatsiya funksiyalari hamda ikkinchi qator yo‘lovchilari uchun quyoshdan himoyalovchi pardalar ham mavjud.

HAVAL H7ʼning benzinli versiyasi narxi 399 900 000 so‘mdan, gibrid versiyasi esa 449 900 000 so‘mdan boshlanadi.

Avtomobilga 5 yil yoki 150 000 km (qaysi biri avvalroq yuz berishiga qarab) kafolat taqdim etiladi.

Call-markaz: +998 71 287 88 88

Veb-sayt | Telegram kanali | Instagram | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida