2025 yil HAVAL Uzbekistan uchun tub burilish yili bo‘ldi: sotuvlar o‘sishi +165% ni tashkil etdi, HAVAL M6 modeli esa mijozlar ishonchi va dilerlik tarmog‘i samaradorligining yuqori darajasini tasdiqlab, bozordagi eng ommabop avtomobillar TOP-10 taligiga kirdi.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida mijozlar bilan ishlashning eng yaxshi amaliyotlari, marketing vositalari va 2026 yilga mo‘ljallangan rejalar, jumladan, dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Muhim voqealardan biri 2026 yilda brendning modellar turkumini kengaytiradigan yangi HAVAL V7 modelining e’lon qilinishi bo‘ldi.

«2025 yil yakunlari O‘zbekistonda HAVAL to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanayotganini namoyon etdi. Sotuvlarning o‘sishi, modellarga bo‘lgan talabning yuqoriligi va kuchli dilerlik tarmog‘i — bu jamoaviy ish va mijozlarimizning ishonchi natijasidir. 2026 yilda biz dilerlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, servisni rivojlantirish va bozorga zamonaviy, raqobatbardosh avtomobillarni taklif etishda davom etamiz», — dedi HAVAL brendining O‘zbekistondagi direktori Dmitriy Sisoyev.

Yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshi dilerlarni taqdirlash marosimi dasturda alohida o‘rin egalladi. Taqdirlash marosimida HAVAL Buxoro («Xalq tanlovi»), HAVAL Andijon («Ishonch va sifat yetakchisi»), HAVAL Jizzax («Jadal rivojlanish») va HAVAL Farg‘ona («Marketing drayver») dilerlik markazlari g‘olib deb topildi.

HAVAL Dealer Conference 2026 yana bir bor O‘zbekistonda brendning barqaror o‘sishi kuchli hududiy jamoalar, ochiq muloqot va uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan holda bunyod etilishini tasdiqladi.

Sayt | Telegram-kanal | Telegram-gruppa | Instagram | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida