Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda “Andijon suv ta’minoti” AJ Jalaquduq tumani filiali boshlig‘i K.T. fuqaro B.A.ning “Tuyalas” MFY hududidagi xonadoniga kanalizatsiya tarmog‘i o‘rnatish uchun texnik shart qildirib berishini aytib, K.T.ning topshirig‘iga ko‘ra 8 500 AQSh dollarini fuqaro M.Sh. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











