AQSh prezidenti Donald Tramp Ispaniyaning Seuta shahriga marokashlik o‘n minglab migrantlar kirib kelganidan so‘ng vujudga kelgan vaziyatni «dahshatli» deb atadi.

«Bu dahshatli», - dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

«Bu kadrlarni eslab qoling. Agar boshqa tomon g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, uch yildan biz ham xuddi shunday vaziyatda qolamiz», - deya qo‘shimcha qildi Tramp noyabrda AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarni nazarda tutib.

Migratsiyaga qarshi kurashni o‘z prezidentligining asosiy vazifalaridan biriga aylantirgan Tramp amerikaliklarni agar demokratlar kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritishsa, «ular yaxshi yashamasligi» haqida ogohlantirdi.

Mahalliy OAVning yozishicha, Oq uydagilar Seutadagi voqealarga «ultraso‘l globalistik siyosat» olib borayotganlar javobgar ekanligini bildirmoqda.

Ispaniya hukumati rahbari Pedro Sanches esa «odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi mafiyachi guruhlar»ni ayblagan.

Ispaniya ichki ishlar vazirligining bildirishicha, Ispaniyaga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelganlarning 37 mingdan ziyodi Marokashga qaytarilgan.