Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari 6 ta ichki yo‘lda asfaltlash ishlarini bajarmasdan, xarid qilingan 348,7 mln so‘mlik 634 tonna asfaltni naqd pulga sotib yuborib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Departamentning Parkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, “G.W.” MChJ tomonidan 540 tonna asfalt yetkazib berilmagan bo‘lsa-da, qabul qilib olinganligi haqida soxta hisob-fakturalar rasmiylashtirishgan.

Buning natijasida ular 324 mln so‘m byudjyet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.