O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari N. Jannibekova, M. Valiyev, Sh. Qulmatov hamda «Turonbank» ATB Mijozlar servisi va marketing departamenti direktori J. Tuxmakov ishtirokida olib borildi. Mahalla faollari, fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xonadonma-xonadon olib borilgan o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar joyida ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Mahallalar taraqqiyoti - xalq farovonligining mustahkam poydevori!

@turonbankmatbuotkotib

Reklama huquqi asosida