Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, har bir deputat «Ochiq byudjyet» axborot portalida bir mavsum uchun o‘ziga ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihani tanlab, ularni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilishi mumkin.

Shu bilan birga, deputatning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tashabbusli byudjyet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qarori asosida tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘olib loyihalar boshqa deputatlar tomonidan aniqlanadi.

Mazkur tartib tashabbusli byudjyet doirasida aholi taklif etgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish hamda deputatlarning jarayondagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.