Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan fuqaro vaqtinchalik turar joyi hamda yashash uchun mablag‘i qolmaganini bildirib, vatanga qaytishda amaliy yordam so‘ragan.

Shundan so‘ng diplomatik vakolatxona tomonidan Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur tashkiliy va konsullik chora-tadbirlari amalga oshirildi. Fuqaroning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ular uchun «Vladivostok–Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi.

Barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, kuzatuv ishlari yakunlanganidan so‘ng ona va farzandning Vladivostokdan chiqib ketishi tashkil etildi.

Natijada, fuqarolar sog‘-salomat O‘zbekistonga qaytarildi.