Toshkent viloyatida 28 iyul kuni manyovr teplovozi va 4 ta tsisterna vagon relsdan chiqib ketdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, hodisa Ohangaron stansiyasining “AGMK Olmaliq” shoxobcha yo‘lida sodir bo‘lgan. Poyezd va vagonlar “LUKOYL” shoxobcha yo‘liga tegishli strelkali o‘tkazgichdan o‘tish vaqtida relsdan chiqib ketgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” ushbu yo‘l kompaniya tasarrufiga kirmasligini ma’lum qildi. Shunga qaramay kompaniya mutaxassislari tavsiyalari bilan vagonlar shu kunning o‘zida temiryo‘l iziga qaytarilgan.

Kompaniya xabarida jabrlanganlar yo‘qligi va atrof-muhitga zarar yetmagani qayd etilgan.