Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning birinchi yarmida mamlakat bo‘yicha jami 92,3 mingta nikoh rasmiylashtirilgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 10 150 ta nikoh ro‘yxatdan o‘tgan.

Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati - 9 787 ta, Qashqadaryo viloyati - 9 597 ta va Toshkent shahri - 9 459 ta nikoh bilan joylashgan.

Shuningdek, Andijon viloyatida 7 660 ta, Surxondaryo viloyatida 7 552 ta, Toshkent viloyatida 6 933 ta, Namangan viloyatida 6 458 ta nikoh qayd etilgan.

Xorazm viloyatida 5 881 ta, Buxoro viloyatida 5 564 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 982 ta, Jizzax viloyatida 3 546 ta, Navoiy viloyatida 2 435 ta va Sirdaryo viloyatida 2 310 ta nikoh rasmiylashtirilgan.

Statistikaga ko‘ra, yilning birinchi yarmida nikohlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati mamlakatda yetakchilik qildi.