Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyun oylarida davolanish maqsadida O‘zbekistonga jami 35 401 nafar chet el fuqarosi kelgan.
Statistikaga ko‘ra, eng ko‘p tibbiy turistlar Tojikistondan tashrif buyurgan. Mazkur davlatdan 19 096 nafar fuqaro O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan.
Keyingi o‘rinlarda Qirg‘izistondan 9 552 nafar, Qozog‘istondan 4 582 nafar, Afg‘onistondan 1 280 nafar va Rossiyadan 772 nafar fuqaro qayd etilgan.
Shuningdek, boshqa davlatlardan kelgan tibbiy turistlar soni 119 nafarni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning tibbiy turizm sohasiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini hamda mamlakatning qo‘shni davlatlar aholisi uchun tibbiy xizmatlar markazlaridan biriga aylanayotganini ko‘rsatadi.











