Qonunchilikka muvofiq, 2028 yil 1 yanvarga qadar belgilangan ro‘yxatga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni ov qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, yovvoyi hayvonlarni tutish bo‘yicha kvotalarni shakllantirish va taqsimlashda mazkur turlarga nisbatan kvota ajratish taqiqlanadi.

Biroq ushbu cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan yoki yetishtirilayotgan yovvoyi hayvonlarga nisbatan, shuningdek, ilmiy va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ov qilish holatlariga tatbiq etilmaydi.