Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Damas avtomobilida me’yoridan ortiq yo‘lovchi olib ketayotgan haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.
Ma’lum qilinishicha, 21 iyul kuni Qiziltepa tumanidagi Vang‘ozi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari old o‘rindig‘ida uch nafar bola o‘tirgan Damas rusumli avtomobilni to‘xtatishgan.
Mashina to‘xtatilganida, unda haydovchidan tashqari 17 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi hamda bir nafar bog‘cha xodimasi borligi aniqlangan.
Haydovchi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunishni istamay, baland ovozda bahslashgan va voqea joyidan ketishga uringan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rilgan.











