Loyihaga ko‘ra, tijorat banklari ekvivalenti 500 AQSh dollaridan oshgan miqdorda chet el valutasini sotib olayotgan jismoniy shaxslarni lozim darajada tekshirishini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Amalda bu chegara 100 AQSh dollariga teng.
Bundan tashqari, yana bir holatda mijozni lozim darajada tekshirish (amalda – identikatsiya qilish) talabiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.
Amalda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (hozirda 206 mln so‘m)ga teng yoki undan oshgan summada bank hisobvarag‘ini ochmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan operatsiyalarni amalga oshirishda bank mijozning shaxsiga aniqlik kiritishi kerak. Muhokamaga qo‘yilgan loyihada bu borada 175 mln so‘mlik qat’iy chegarani o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 4 aprelgacha davom etadi.











