Tojikiston yetakchisining O‘zbekistonga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlardagi muhim siyosiy voqealardan biri bo‘ldi. Rasmiy kutib olish marosimi chog‘ida ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida bugun O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi ham kun tartibidan o‘rin olgan.
Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Tashrif O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.














