Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash xizmatlarining 30,5 foizi shifoxona muassasalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Shuningdek, 17,5 foizini tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari tashkil etgan. 

Qolgan 52 foiz ulush esa boshqa turdagi sog‘liqni saqlash xizmatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Sohada xizmatlar hajmining o‘sishi tibbiy infratuzilmaning rivojlanishi, xususiy sektor ulushining ortishi hamda aholi tomonidan tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning ko‘payishi bilan izohlanmoqda.