Ma’lum qilinishicha, @tiv_yordam_bot orqali mintaqa davlatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari konsullik masalalari bo‘yicha murojaat yuborish, o‘z joylashuvi va holati haqida ma’lumot qoldirish hamda zarur holatlarda tezkor yordam so‘rash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Fuqarolardan murojaat qoldirishda aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etish so‘ralgan. Bu diplomatik vakolatxonalarga yurtdoshlarga tezkor yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xorijdagi fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning xavfsizligi va huquqlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishda davom etmoqda.










