Milliy statistika qo‘mitasi qayd etishicha, 2025 yilda davolanish uchun O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 86 199 nafarni tashkil etgan. Mamlakatlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda: Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi va Qozog‘istondan kelganlar umumiy oqimning 96,3 foizini (83 000 nafar) tashkil etgan.

Eng ko‘p kelganlar quyidagicha:

  • Tojikiston — 59 145 nafar (68,6 foiz);
  • Qirg‘iziston — 15 631 nafar (18,1 foiz);
  • Qozog‘iston — 8 224 nafar (9,5 foiz);
  • Rossiya — 1 899 nafar (2,2 foiz);
  • Afg‘oniston — 914 nafar (1,1 foiz);
  • Turkmaniston — 224 nafar (0,26 foiz);
  • Turkiya — 47 nafar;
  • AQSh — 16 nafar;
  • Xitoy — 15 nafar;
  • Ozarboyjon — 11 nafar;
  • boshqa davlatlar — 73 nafar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davolanish maqsadida keluvchilar oqimida qo‘shni mamlakatlar ustunligi saqlanib qolmoqda. Bu, o‘z navbatida, hududiy yaqinlik, qatnov imkoniyatlari hamda xizmatlardan foydalanish qulayligi kabi omillar bilan izohlanadi.