Sud bayonotida aytilishicha, Rodriges «boshqaruv davomiyligini ta’minlash va mamlakatni har tomonlama himoya qilish uchun prezidentlik lavozimini o‘z zimmasiga oladi».

Avvalroq shanba kuni Delsi Rodrigesning o‘zi Venesuela davlat televideniyesi orqali xalqqa murojaat qilib, Nikolas Maduro mamlakatning yagona qonuniy prezidenti bo‘lib qolayotganini ma’lum qilgandi. Rodriges AQShning Venesuelaga qarshi «qurolli tajovuzi»ni qoralab, amaldagi hukumat mamlakat xalqini himoya qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgandi.

Uning videomurojaati o‘z akasi, Venesuela parlamenti raisi Xorxe Rodriges, shuningdek, mamlakat ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelo va mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes qurshovida turib qilingan.

Bundan oldinroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelani kelgusida kim boshqarishi haqidagi savolga javoban davlat kotibi Marko Rubio Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges bilan gaplashgani va u go‘yoki «Amerika Venesuelani yana buyuk qilish uchun nima qilish kerak deb hisoblasa, shuni qilishga tayyorligi»ni aytgandi.

Tramp, shuningdek, agar zarurat tug‘ilsa, mamlakatda Amerika harbiylari kiritilishini istisno qilmagan.