HUAWEI MatePad 11.5 boshqa planshetlardan ajralib turadi. PaperMatte ekrani uni xo‘ddi qog‘ozga aylantiradi, shuning uchun dars qilish, konspekt yozish yoki elektron hujjat tayyorlash juda qulay. 11.5 dyuymli 4:3 ekran PDF va maqolalar tayyorlash uchun ideal, 120 Hz bilan sahifalarni skroll qilish yoqimli , IPS matritsa esa ranglarni tabiiy ko‘rsatadi. M-pensil bilan yozish esa haqiqiy daftar hissini beradi.

Hujjatlar, jadvallar va elektron pochta ustida ishlashda ham bemalol. Klaviatura ulansa, kichik noutbuk vazifasini bajaradi. Snapdragon 7 Gen protsessori tezkor va 8 GB operativ xotira ko‘p vazifalarni bir vaqtda bajarishga imkoniyat beradi.

To‘rtta stereo dinamika film va videolarni ko‘rishda ovozni to‘liq beradi. Kamera bo‘yicha planshetlar odatda professional suratga olish uchun emas, lekin bu modelda orqa kamera 13 MP, oldi kamera 8 MP bo‘lib video qo‘ng‘iroqlar, hujjat skanerlash yoki tezkor suratlar uchun yetarli sifatni taqdim etadi.

HUAWEI MatePad 11.5 o‘qish, yozish, ijod va ish uchun juda mos keluvchi planshet. Ko‘zni kam charchatadigan ekran, uzoq ishlash qulayligi va ko‘p vazifali ishlash imkoniyati uni studentlar, o‘quvchilar va ofis xodimlari uchun ideal tanlovga aylantiradi.
Toshkent shahri Afrosiyob ko‘chasi 28/14 manzilida joylashgan HUAWEI Brend Shop’ida va HUAWEI’ning O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy hamkor do‘konlari orqali butun respublika bo‘ylab xarid qilish mumkin.
Rasmiy sahifalar:
TG: https://t.me/HuaweiMobileUz
IG: https://www.instagram.com/huaweimobileuz
Web: https://consumer.huawei.com/uz/
Reklama huquqi asosida











