Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar qator jihatlarni nazarda tutadi.

Xususan, bosh muharrir lavozimiga faqat oliy ma’lumotga ega, noshirlik faoliyatida kamida 3 yil tajribaga ega nomzod tayinlanadi.

Tayinlash tartibi: bosh muharrirni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish — nashriyotning muassisi (muassislari) yoki rahbari vakolatiga kiradi.

Nashrlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorni bosh muharrir qabul qiladi.

Qonun kitobxonlik madaniyatini qo‘llab-quvvatlashga doir normalarni ham o‘z ichiga oladi.

Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan amal qila boshlaydi.