Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri A.Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif dasturi doirasida Samarqand shahrida yuqori darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama etiladi.

Shuningdek, Peter Pellegrini Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlarida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi. Tashrif ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.