Mazkur rastalarda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan tashqari Belarus, Pokiston, Mongoliya va Hindistondan keltirilgan mol hamda qo‘y go‘shtining turli navlari, shuningdek, viloyatlardan olib kelingan meva, sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari keng tanlovda taqdim etilmoqda.
Go‘sht narxlari 65 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha belgilangan.
Ushbu tashabbus aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, bozor narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan.











