DXX va Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat oldindan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
 
DXX xabarida ta’kidlanishicha, ushbu advokat muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.